Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus yosh tanlamaydi: Moskvadagi bemorlarning qariyb yarmi 40 yoshdan kichik
30.03.2020 14:47,  
394

Moskva shahridagi koronavirusning og‘ir formasi bilan og‘rigan bemorlarning 45 %i 65 yoshdan kichik insonlar tashkil qiladi, qariyb 15 foizi esa 40 yoshga to‘lmaganlar sanaladi deya ma’lum qildi Moskva operativ shtabi.

Mexanik ventilyasiyadagi bemorlar orasida 40 yoshdan kichiklarning ulushi 40 %ni, 60 yoshdan kichiklarning ulushi 65 %ni tashkil qiladi.

Barcha yuqtirganlarning 46 foizi 35 yoshdan 64 yoshgacha, 33 foizi 18 yoshdan 35 yoshgacha.

So‘nggi 24 soat ichida Moskvada koronavirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati (152 kishi) 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lganlar, ularning 32 nafari qariyalar va 13 nafari bolalardir, deyiladi shtab-kvartirada. Umumiy hisobda kuniga 270 yangi bemor aniqlandi.

Moskvadagi koronavirus bilan kasallangan barcha 1014 bemorning 46 foizi 35 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlardir. Ikkinchi o‘rinda 18 dan 34 yoshgacha bo‘lganlar guruhi (33,5%). Virusga chalinganlarning 15 foizi 65 yoshdan katta odamlar va 5,5 foizi bolalardir. Boshqarmaning ta’kidlashicha, bolalardagi kasalliklar asosan alomatlarsiz o‘tib ketadi, ammo bolalar virusning faol tashuvchisi bo‘lib qolishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан