Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvalik erkak "Migrants lives matter" harakatini yaratdi
25.07.2020 15:37,  
480

Moskva shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Aleksandr Andriyanov "Migrants lives matter" (Muhojirlar hayoti muhim) harakatini yaratganini e’lon qildi. 

Erkak ruslarning aksariyati yaqin atrofda yashaydigan odamlar haqida o‘ylamasligidan shikoyat qildi. Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, Rossiyada muhojirlarga ikkinchi toifadagi odamlardek munosabatda bo‘lishadi: ular tahqirlanadi, doimiy tekshiruvlar bilan qiynoqqa solinadi va olgan pullari to‘lanmaydi.

Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarni tozalagan, oziq-ovqat yetkazib bergan va uy qurgan odamlar notoza (antisanitar) sharoitda va iflos baraklarda yashashga majbur.

"Tushunish vaqti keldi: odamlarni ruslarga, o‘zbeklarga, amerikaliklarga, yaponlarga ajratishning hojati yo‘q - Yer sayyorasida yashovchilar bor. Har kimga teng huquq va imkoniyatlar berilishi kerak", - deb yozadi Andriyanov.

"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida u qo‘shni respublikalardan kelgan mehmonlarga qanday munosabatda bo‘lishni aniq ko‘rsatdi: u olovrang libos kiygan odamning oyog‘ini o‘zining tizzasiga qo‘ydiradi va uning oyoq kiyimlarini tozalaydi.

Ko‘plab foydalanuvchilar tashabbusni qo‘llab-quvvatlamay, Amerikaga qul mehnatiga jalb qilingan qora tanlilardan farqli o‘laroq, muhojirlar ixtiyoriy ravishda Rossiyaga ishlash va buning uchun pul olish uchun kelganlarini aytishdi.

Rossiya Muhojirlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov ruslarni muhojirlarning oldida tiz cho‘kishga chaqiruvchi videoni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi.

"Biz buni shov-shuv ko‘tarish (xayp) uchun qilingan prank deb hisoblaymiz. Bu mutlaqo nomaqbuldir. Hech kim bu bilan jiddiy shug‘ullanmasligini tushunamiz. Videoni tahlil qilamiz, mualliflik huquqini o‘rnatamiz. Bizda shunga o‘xshash holat bo‘lgan: koronavirus pandemiyasi cho‘qqiga chiqqan paytda bir tojikistonlik Moskva metrosida hazil qilgan edi - u bir oyga hibsga olishdi. Biroq u shunchaki odamlarni qo‘rqitdi, tamom. Bu video esa uzoq vaqt odamlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun bu odamlarni yanada qattiqroq jazolash kerak ", - dedi Kojenov "Gazeta.ru" nashriga bergan intervyusida

O‘z navbatida, "Vatandosh" mintaqalararo o‘zbeklar uyushmasi prezidenti Usmon Baratov moskvalik erkakni qo‘llab-quvvatladi va ruslarga ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.

"Agar hammasi haqiqatan ham shunday bo‘lsa, demak, men ikkala qo‘limni ham yoqlab ko‘taraman. Bu odam juda yaxshi odam. Men uning oldidan shlyapamni yechaman. Buni aytadigan ruslar kam. Menimcha, Rossiyaning deyarli yarmi bu harakatni qo‘llab-quvvatlaydi. - dedi Baratov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан