Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvani 40% muhojirlar tark etdi
18.10.2020 18:31,  
663

2020 yilda Moskvadagi mehnat muhojirlari soni keskin qisqardi — “alohida hisob-kitoblarga ko‘ra 40%”, - dedi shahar meri Sergey Sobyanin Rossiya1 telekanaliga bergan intervyusida. Bu haqda The Bell nashri xabar bermoqda. Mavsumiy ishlarni bajarish uchun Rossiyaning boshqa hududlaridan aholini jalb qilish kerak.

Sergey Sobyanin muhojir soni qisqarishi bo‘yicha statistikaning aniq manbasini aytmadi va mutlaq raqamlarni keltirmadi. Ammo muammo, deydi u, jiddiy - kommunal xizmatlarda ishchilar yetarli emas. Bu mexanizatsiya va boshqa hududlardan aholini jalb qilish  yo‘li bilan hal qilinadi.

Muhojirlar soni kamaygani haqida Rossiya Markaziy banki ham ma’lumot taqdim etdi. 2020 yilning may oyida Rossiyadan MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taxminan 20% ga kamaydi.

Sentyabr oyida Rossiyaning qog‘ozli migratsiya kartalaridan voz kechishi ma’lum bo‘ldi: chet elliklarga mamlakatga kirish maqsadini yo‘lakay o‘zgartirish va davlat xizmatlari veb-sayti orqali ruxsat olish imkoniyati beriladi. Ular vaqtincha yashash uchun ruxsat berish tizimidan asta-sekin voz kechadilar.

Rossiyada 30 kundan ortiq bo‘lgan barcha muhojirlar barmoq izlarini olish, suratga olish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ID-kartalarini olishlari shart.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy banki xalqaro pul o‘tkazmalari haqida statistikani taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyi davomida respublikamizga kelib tushgan pul mablag‘i $4,3 mlrd.ni tashkil qildi. Bu o‘tgan davrning mos davriga nisbatan 8% ko‘proq. Shu bilan birga xalqaro pul o‘tkazmalari qaysi davlatlardan jo‘natilayotgani keltirilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан