Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Moskvich M-412” avtosida noqonuniy 122 mln so‘mlik qo‘lqop va tamaki mahsulotlari aniqlangan
26.03.2021 19:24,  
211

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Moskvich M-412” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinaning tirkamasiga yashirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 122 million so‘mlik 3780 dona qo‘lqoplar hamda aksiz markalari bilan markalanmagan 2990 quti tamaki  mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан