Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muammolarni ochiq aytgan Toshkent viloyati bosh infeksionisti hibsga olindi (video)
10.09.2020 14:58,  
3765

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori, viloyatning bosh infeksionist mutaxassisi Guljahon Yo‘ldosheva hibsga olingani xabar qilinmoqda. Bu haqda BBS O‘zbek xizmati xabar berdi.

Bunga qadar Guljahon Yo‘ldosheva pandemiya sharoitida kasalxonaga kerakli tibbiy uskunalar ajratilmayotgani va o‘z rahbarligi ostida hayotini xavfga qo‘yib koronavirus bemorlarini davolagan tibbiyot xodimlariga va’da qilingan mukofot pullari berilmaganini ochiq aytgan edi.

U avgust oyida Kun.uz nashriga bergan intervyusida Toshkent viloyatining bosh yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi og‘ir vaziyat haqida so‘zlab, o‘zi va oilasi hayotini xatarga qo‘ygancha, Chirchiq shahrida joylashgan bu maskanda koronavirus bemorlari hayotini saqlab qolish uchun jon kuydirayotgan tibbiyot xodimlari qadri rahbarlar tomonidan toptalayotganini ta’kidlagan edi.


Bi-bi-si ma’lumotlarga ko‘ra, Guljahon Yo‘ldosheva 8 sentyabr kuni kechki payt Chirchiq shahridagi go‘zallik salonlaridan birida ichki ishlar organlari tomonidan hibsga olingan.

Nashr bilan suhbatlashgan shifokorning singlisi Shahlo Yo‘ldosheva ayni vaqtda opasiga nisbatan ilgari surilayotgan rasmiy ayblovlar qanday ekanini aniq bilmasligi, biroq og‘zaki so‘zlashuvlar asosida unga nisbatan 250 million so‘mga teng mablag‘ni talon-taroj qilish aybi qo‘yilayotganidan xabar topganini ma’lum qildi.

Shahlo Yo‘ldoshevaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga rahbarlik qilayotgan opasi matbuotga viloyatdagi asl epidemiologik holat va mahalliy tibbiyot tizimi bilan bog‘liq boshqa og‘ir muammolar to‘g‘risida ochiq aytgani ortidan, katta ehtimol bilan, tibbiyot xodimlari uchun ajratilgan rag‘batlantirish pullarini noto‘g‘ri taqsimlash yoki o‘zlashtirishda asossiz ravishda aybdor ko‘rilayotgan bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан