Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muborakda shamol namunali uylarning tomini uchirdi (foto)
28.05.2020 17:44,  
558

27 may kuni kuchli shamol bo‘lgani sababli Muborak tumani "Istiqlol" MFY "Yangi Qoraqum massivi"dagi bir necha uylarning tom qismiga zarar yetdi.

Aniqlanishicha, Jasur Razzoqov boshchiligidagi "Modernizatsiyamaxsusqurilish"  MChJ tomonidan 2016 yilda qurilgan uylardan faqatgina uchtasiga zarar yetgan. Jarohatlanganlar yo‘q.

Muborak hokimi v.b. Ulug‘bek Ernazarov kuchli shamol tufayli zarar ko‘rgan namunali uylarga borib,   zarar ko‘rgan xonadonlar fuqarolari Jasur Toshev, G‘ulomjon Ubaydullayev, Maqsud Akshayevlar bilan uchrashdi. Tez orada muammo to‘liq bartaraf etiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli shamol tufayli tom qismi uchib ketgan namunali uylar homiylar tomonidan qayta ta’mirlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан