Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muddati tugagan hujjatlar amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi
19.04.2020 14:38,  
694

AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

IIV matbuot kotibining xabar berishicha, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan avtotransport vositalari egalariga qulaylik yaratish hamda muddati tugagan hujjatlar uchun yengillik berish maqsadida:

- barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar);

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashiga ruxsatnoma);

- avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan hujjatlar  (sug‘urta polisi, ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Bunda, ularning muddati o‘tganligi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlik va boshqa ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан