Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muddatiga yetmagan ​homilador ayolda koronavirus aniqlansa, homiladorlik davom ettiriladimi?​
30.04.2020 13:15,  
365

Mamlakatimizda homilador yoki tuqqan ayollar koronavirus infeksiyasiga gumon qilinsa, qanday yo‘l tutiladi? Shunday holatlarda qayerga murojaat qilish kerak? Ularning davolanish tartibi qanday bo‘ladi? Shu kabi savollarga Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Barno Abdusamatova javob berdi.

— Homilador, tug‘ruqdagi va tuqqan ayollarga “COVID-19” koronavirus infeksiyasi tashxisini qo‘yish va davolashda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bilan birgalikda alohida milliy klinik qo‘llanma ishlab chiqqan, — deydi B. Abdusamatova. — Shu asosida davolash ishlari olib boriladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan homilador ayollar uchun 740 shifo-o‘ringa ega 14 ta tug‘ruq komplekslar, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan homilador ayollar uchun esa 360 shifo-o‘ringa ega bo‘lgan 13 ta tug‘ruq komplekslari yaratilgan.

Shu o‘rinda aytish kerakki, homilador ayollarda quruq yo‘tal, haroratni ko‘tarilishi, nafas qisilishi, xolsizlik, ishtaha yo‘qligi, mushakda og‘riq alomatlari paydo bo‘lganda uydan chiqmagan holda yashash manzillaridagi uchastka shifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga murojaat qilishlari zarur. Karantin davrida homiladorlar shoshilinch holatlardan tashqari shifokorlar maslahatlashuvlarini masofaviy aloqa (telefon, videoaloqa va boshqalar) orqali o‘tkazishlari tavsiya etiladi.

— Shu o‘rinda, ko‘pchilikda homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlansa va u muddatiga yetmagan bo‘lsa, homiladorlik davom ettiriladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy....

— Bilasizmi, bu , eng avvalo, ona ahvolining og‘irligi, homilaning yashab ketishi va sog‘lomligi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Agar koronavirus infeksiyasi mavjud bo‘lgan homilador ayolning ahvoli og‘ir yoki o‘ta og‘ir deb baholanadigan bo‘lsa, unda diagnostik mezon va xalqaro tibbiy tavsiyalarga muvofiq, hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, homiladorlik muddatiga qaramay tug‘dirishni amalga oshirish kerak. Ammo hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga chalingan homilador ayollarda bu kasallik homila uchun jiddiy asoratlar xavfi yuqoriligi to‘g‘risida hech qanday dalillar mavjud emas.

“SOVID-19” infeksiyasiga chalingan ayolda homiladorlik muddatiga yetgan bo‘lsa, tug‘ruq usulini tanlash akusherlik ko‘rsatmalari asosida individual amalga oshiriladi. JSST kesarcha kesishni faqatgina tibbiyot nuqtai nazaridan o‘rinli deb topilgandagina o‘tkazishni tavsiya etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан