Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vaziri kubogida g‘oliblar aniqlandi
1.05.2021 18:11,  
64

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama bilimli, salohiyatli, barkamol avlod qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mamlakatimizda joriy yildan boshlab 3 bosqichda mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi minglab  yoshlarni o‘zida birlashtirdi. Bir necha kun davom etgan  musobaqaning respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Ishtirokchilar ilk harbiy ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazadigan “Harbiylashtirilgan estafeta”, tibbiy bilimlarning amalda namoyishi bo‘lgan “Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish”, sinchkovlikni sinovdan o‘tkazgan “Mohir mergan”, o‘tmishdan saboq chiqarishga undaydigan “Temur tuzuklari bilimdoni” shartlarida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishdi.

Jamoalar mudofaa vaziri hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ko‘z oldida “Safda qo‘shiq aytish” shartini bajarib, olqish oldilar. O‘z jamoasi uchun mardonavor kurashayotgan, qalbida vatanparvarlik tuyg‘usi jo‘sh urayotgan yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yuksak. Bu ularning shijoatida, intilishlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bir necha kun davom etgan harbiy-sport musobaqasi davomida yoshlar bilan turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiyalar uyushtirildi. Gulxan atrofida tashkil etilgan “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvida ertamiz egalari bilan samimiy savol-javoblar o‘tkazildi.

Nihoyat, murosasiz, qizg‘in bahs-munozaralar natijasiga ko‘ra “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasida uchinchi o‘rinni Samarqand viloyatining “Sohibqiron Temur” jamoasi, ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyatining “Temur avlodlari” jamoasi qo‘lga kiritdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Lochin” jamoasi esa mudofaa vaziri kubogi sohibi bo‘ldi.

“Eng mohir mergan” nominatsiyasida Sevinch Ilyosova (Toshkent viloyati), “Eng kuchli sportchi” nominatsiyasida Bunyod Jabborov (Samarqand viloyati), “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” nominatsiyasida Shahzod Ergashev (Toshkent shahri) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa va nominatsiya g‘oliblariga kubok, diplom va esdalik sovg‘alarni mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov topshirdi.
Yoshlarni ham jismonan, ham ma’nan yetuk, buyuk ajdodlarimizga munosib etib tarbiyalashda, ularning Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada oshirishda bu kabi musobaqalar muhim ahamiyatga ega ekani amalda o‘z isbotini topti. Ushbu musobaqa yoshlar uchun iroda va mahorat sinovi bo‘lganligi ta’kidlandi. Yosh vatanparvarlar yuksak orzular, yangi qarashlar, qat’iy maqsadlar bilan o‘z viloyatlariga qaytishdi.

Kapitan Aziz Norqulov, Mudofaa vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан