Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
23.03.2021 20:01,  
292

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, Sh. Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Xusanbayevich Mamajonov Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан