Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi kurash bo‘yicha qo‘mondonlik birinchiligi o‘tkazdi
21.02.2021 09:26,  
54

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida kurash bo‘yicha qo‘mondonlik birinchiligi o‘tkazildi. Bu haqida Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harbiy xizmatchilar 7 ta vazn toifasida uch kun davomida o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslarda yurt himoyachilarining jismoniy imkoniyatlari, irodasi-yu shijoati, chidamliligi va chayirligi sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqalarni O‘zbekiston Respublikasi kurash federatsiyasining jangovar kurash bo‘limi mahoratli murabbiylari xolisona baholab bordi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiyida xizmat qilayotgan yurt himoyachilari umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qashqadaryo shahridagi harbiy qism jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Musobaqaning mutlaq g‘olibligiga Toshkent shahrida joylashgan bo‘linma harbiylari loyiq topildi. G‘olib va sovrindorlarga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан