Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi harbiylari «Norindaryo»da aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik qurmoqda (foto)
11.08.2020 18:18,  
422

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo o‘zani uzra ko‘rik qurishga kirishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Sof.uz'ga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan ushbu ikki tumanni viloyat markazi bilan bog‘lab turuvchi «Norindaryo» ko‘prigida bundan 2—3 oy darz ketish alomatlari sabab harakatlar to‘xtatilgan. Mazkur ko‘prik 1962 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda minglab fuqarolar ishga, o‘qishga, bozorga hamda o‘zlarining boshqa ehtiyojlari yo‘lida daryoni qayiq orqali kesib o‘tib o‘tmoqda.

Mudofaa vazirligi ko‘prik bitgunga qadar aholiga qulaylik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida vaqtinchalik ko‘prik qurishga kirishdi. 

Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Muhandislik qo‘shinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida ko‘prikni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Daryo uzra qad ko‘tarayotgan ko‘prik uzunligi 40 metrni, eni esa — 3,8 metrni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан