Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasiga qancha mablag‘ o‘tkazgani ochiqlandi
28.04.2020 12:40,  
273

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga umumiy hisobda 2 milliard 143 mln so‘m o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Sof.uz'ga xabar berdi.​

Mudofaa vazirligi Markaziy apparati hamda uning tasarrufidagi harbiy okruglar tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar kesimi quyidagicha:

  • Mudofaa vazirligi Markaziy apparati — 103 million so‘m;
  • Sharqiy harbiy okrug — qariyb 196 million so‘m;
  • Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug — 317,5 million so‘m;
  • Toshkent harbiy okrugi — 346 million so‘m;
  • Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug — 114 million so‘m;
  • Markaziy harbiy okrug — 515 million so‘m.


Bundan tashqari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari, Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, boshqa harbiy qism va muassasalar tomonidan fondga o‘tkazilgan mablag‘lar 572 million so‘mdan oshmoqda.

Ta’kidlash kerakki, harbiy xizmatchilar tomonidan joylardagi kam ta’minlangan, oilasida nogiron insonlar bor yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtoj yurtdoshlarimiz holidan muntazam xabar olinib, ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан