Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi mutaxassislari Toshkentni dezinfeksiya qilishyapti (foto)
28.03.2020 18:34,  
378

Bugun, 28 mart kuni erta tongdan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya epidimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabar berishicha, bundan maqsad respublikamizdagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolarimiz xavfsizligi, salomatligini ta’minlashdir.

Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli uskunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Ta’kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda. Dunyoning 200 dan ortiq davlatiga kirib borgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, mazkur muammoni hal etish har birimizning muhim vazifamiz hisoblanadi. Harbiylar ham ushbu global masalada xalqimiz sog‘lig‘ini himoya qilish uchun munosib hissa qo‘shyapti.

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida yurt himoyachilari Yunusobod, Eski Juva, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан