Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan bemor qiz Germaniyada davolanmoqda
7.08.2021 20:13,  
122

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 20 yoshli Maftuna O‘sarova 2021 yil 2 avgust kuni Germaniyaning «ASKLEPIOS» zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar "Sof.uz"ga bermoqda.

2016 yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan «takayasu sindromi», ya’ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalindi va birinchi darajali nogiron bo‘lib qoldi.

Hozirda Maftuna O‘sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning «ASKLEPIOS» klinikasida 3 kun davomida ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi va intensiv davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini olmoqda.

Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o‘rganib, nazorat qilib bormoqda.

Ayni paytda Maftuna O‘sarovaning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан