Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mudofaa vazirligi Sirdaryoda ponton ko‘prik qurdi (foto)
16.05.2020 20:23,  
827

Joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv omborida yuzaga kelgan to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida viloyatning Mirzaobod tumani, Navbahor va Bahoriston mahalla fuqarolar yig‘inini o‘zaro bog‘lab turgan 50 metrdan ortiq ko‘prikning ikki cheti suv toshqini sababli o‘pirilib tushgan. Natijada ikkinchi tomonga harakatlanishning mutloqa imkoni bo‘lmay qoldi.

Fuqarolarga o‘z uylaridan xabar olishlari uchun qariyb 150 km masofani aylanib o‘tishga to‘g‘ri kelayotgandi. Vaziyatni o‘nglash, muammoni bartaraf etish maqsadida Mudofaa vazirligi xizmatchilari zararlangan ko‘prik va yo‘l qismlarini tezlik bilan tiklash ishlarini boshlab yubordi.

Dastavval yuqori suv oqishi natijasida yerning bo‘shab qolgan joylari texnikalar vositasida tozalandi. Shundan so‘ng ochilgan joy tekislandi hamda tosh va qumlar yotqizildi.

Navbahor va Bahoriston aholi yashash punktlarini bir-biri bilan bog‘lash uchun vaqtinchalik ponton ko‘prigi yotqizildi. Yuk mashinalarini ham ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan ushbu muhandislik inshooti ishga tushib, maxsus texnikalar kolonnasi va shaxsiy tarkibning hamda fuqarolarni narigi qirg‘oqqa xavfsiz o‘tishi ta’minlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан