Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muqaddam Rossiyada sudlangan shaxs ikkinchi bora ham qotillik qildi
16.03.2021 20:32,  
208

Tergov departamenti axborotga ko‘ra, 2021 yilning 13 mart kuni soat 22:30 larda 46 yoshli Baxtiyor R., mast holatda bo‘la turib, Samarqand shahri Sattepo mavzesi X.Sheroziy MFY., da joylashgan yashash xonadoniga tanishi 48 yoshli Alidjan M., mast holatda kelib, u bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishni taklif qilib, o‘zaro janjallashib qolishlari oqibatida, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan ko‘krak qismiga bir marotaba urib, jarohat yetkazganidan so‘ng yordam berish maqsadida tashqariga chiqib do‘kon ishchisidan yordam so‘ragan. O‘tkazilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Alidjan M., shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Baxtiyor R., muqaddam Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik jinoyati) bilan sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Baxtiyor R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.  

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан