Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Murad Buildings: “2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” tanlovi g‘olibi
6.11.2020 21:10,  
206

2020 yil 5 noyabr kuni DaVinci Management Consulting kompaniyasi tomonidan har yili tashkil etiladigan “Yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofotining taqdirlash marosimi tarixda ilk bor onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Shunisi e’tiborliki, karantin va uning ko‘pchilik uchun ta’sir qilgan oqibatlariga qaramay, mukofotning beshinchi yubileyiga bo‘lgan qiziqish so‘ngani yo‘q.

Murad Buildings, shu yil ham, mamlakatning taniqli kompaniyalari bilan bir qatorda o‘z toifasida munosib o‘rin egallab, “2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofot natijalari 1356 ta ekspert, o‘rta va yuqori darajadagi menejerlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar xulosasiga tayanadi. Mazkur tadqiqot 2020 yil aprel oyidan sentyabr oyigacha o‘tkazilgan.

Eng ish beruvchilar uchun taqdim etiladigan ushbu mukofotning o‘ziga xos xususiyati nimada?

Birinchidan, bu har qanday muvaffaqiyatli kompaniyaning erishgan yutuqlari ortida xodimlar, jamoa, o‘z kasbini yaxshi ko‘radigan, ishini ko‘zini biladigan insonlar turganligini e’tirofidir.

Ikkinchidan, bu kompaniyada o‘ziga xos an’analari va korporativ madaniyati mavjudligi ko‘rsatkichidir. Bularning barchasi kompaniya qadriyatlari, prinsiplari va kelajak haqidagi tasavvurlari bilan uyg‘unlashganida ko‘plab ish izlovchilar uchun qiziqarli va jozibali omil sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, kompaniyani bo‘lajak ish joyi sifatida tanlashdagi muhim mezonlaridan biri bu kompaniyaning shuhrati va yaxshi nomidir. Kompaniya o‘z obro‘-e’tiboriga yillar mobaynida yig‘ilib kelgan kichik g‘alabalardan tortib, katta yutuqlar evaziga erishadi. Kompaniyaning “tashqi baholashga” tayyorligi va bu kabi reytinglarda ishtirok etishining o‘zi ham, kompaniya maqomini oshiradi, uning ochiqligi haqida darak beradi va insonlar ishonchini qozonishiga yordam beradi.

To‘rtinchidan, har qanday muvaffaqiyatli kompaniya bu tinimsiz rivojlanish jarayoniga o‘xshaydi. Bu jihatdan kompaniya oddiydan murakkabga, kichikdan ulkanlik sari o‘tishi va bularning barchasi zamirida faqat kompaniyada ishlovchilarning foydasi uchun emas, balki mehnat qiladigan insonlarning fidoyiligi, kompaniya ishlab chiqaradigan mahsuloti orqali ko‘plab boshqa insonlar muammolarini hal qilish va dunyoni yanada ko‘rkamroq joyga aylantirish g‘oyasi yotadi.

Beshinchidan, kompaniyaning u yoki bu sohadagi muvaffaqiyatini ijobiy baholash, kompaniya va uning xodimlarining yanada o‘sishga turtki bo‘ladi. Xodimlarning ulkan maqsadlar sari intilishlari va kompaniyada inson resurlarini rivojlanitirishga alohida e’tibor berish, komaniya muvaffaqiyatining eng muhim omili sifatida xizmat qiladi.

Murad Buildings mamlakatning ilg‘or kompaniyalari qatorida o‘zining eng muhim va qadrli resurs bo‘lmish – inson kapitalini rivojlanishida yuqorida eslatib o‘tilgan barcha fazilatlarga ega. Kompaniya 17 yildan bo‘yon ko‘chmas mulk sohasida ko‘plab mavjud va yangi loyihalarni rivojlantirishda ishonch bilan harakat qilib kelmoqda.

Bu, shuningdek, Murad Buildings ishtirok etgan barcha xalqaro loyihalarga nisbatan ham taalluqli. Kompaniya turkiyalik hamkor O'zguven bilan birgalika Tashkent City‘da eng ulkan loyiha - Nest One, O‘zbekistonda birincha va yagona osmono‘par binosini barpo etmoqda. Shuningdek, Murad Buildings qozog‘istonlik BI Group bilan sherikchilika yangi NRG brendini yaratdi. NRG kompaniyasi poytaxtning bir necha tumanlarida yangi formatdagi, o‘zining qo‘layligi va mustahkamligi bilan ajralib turuvchi yangi turar joy majmualarini barpo etishni boshlab yuborgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан