Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Murodjon Ahmadaliyevning chempionlik jangi qoldiriladigan bo‘ldi
3.09.2019 12:55,  
25

13 sentyabr kuni hamyurtimiz, Olimpiada chempioni Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO)  AQShdagi «Madison Square Garden»da (Nyu-York) professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,3 kg) vazn toifasida qo‘shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarilmaydigan bo‘ldi.

Sababi «Romanning chap yelkasida muammo paydo bo‘lgan, – dedi menejer Aleks Kamponovo. – Biz hozircha bu jarohatning qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. O‘tgan haftada MRT qildirdik, bugun yoki ertaga aniq javobini olamiz».

Daniel Roman 19 avgust kuni sparring bilan mashg‘ulot vaqtida jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA kamariga asosiy da’vogar sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан