Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Murotjon Azimov: «Qashqadaryoda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qilaman»
7.02.2022 12:12,  
216

Bugun viloyat hokimligida bir qator dolzarb masalalarga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimov masalalarni qisqa va lo‘nda aytishini, boshlangan haftani yarim kunini yig‘ilishga sarf etish niyati yo‘qligini aytdi. 

- Axborot beruvchilar ham tez-tez fikrini aytsin. Hamma reglamentga amal qilsa, umrimiz yig‘ilish zallarida o‘tib ketmaydi, - dedi viloyat hokimi. 

Yig‘ilishda byudjet, ijtimoiy sohalar, mahallabay ishlash va hokim yordamchilari hamda yetakchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rtaga tashlanganda viloyat hokimi «Prezidentimiz aytganlaridek, biz hokim yordamchilariga va yetakchilarga ko‘makchimiz, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerak», deya ta’kidladi. 

Shuningdek, yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurash, korxona va tashkilotlarda sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga ham navbat berildi. 

- Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini e’lon qilmoqchiman, - dedi Murotjon Azimov. - Endi ishxonamiz sha’ni deb yashirib o‘tirishni yig‘ishtiradi hamma tashkilotlar. Tashkilot yoki hokimlik sha’nini emas, davlatimiz sha’ni va rivojlanishi o‘ylasak, yaxshi bo‘lar edi. Mana Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan bo‘lsada, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSh dollarining 50 000ni olayotganda qo‘lga tushgan. Bu ishda tuman hokimini ham oqlamayman. Ijtimoy tarmoqlarni o‘qidingizmi Sh.Sanayev "baliq boshidan" degan gaplar chiqayapti. Afsuski, bu gaplarda jon bor. Siz tajribali va halol hokimsiz. Xodimlaringizni ham nazorat qiling, qattiq ushlang, qonun ustivor bo‘lishi kerak siz rahbar bo‘lgan joyda. Mirishkorga borganimda nuroniylar yo‘limga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shug‘illanmasdan faqat o‘zini o‘ylaydigan, tez boyishni o‘ylaydigan jamoa yig‘ilganmi hokimlikda? 

Prezidentimiz bot-bot «afsuski, jamiyatimizda korrutsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi», deya ta’kidlaydilar. 

Prezidentimiz topshiriqlarini ijrosi bajarmagan, e’tiborsiz qaragan har qanday rahbar vazifasidan ozod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан