Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan
30.07.2020 21:14,  
671

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan va hozirda davolanmoqda. Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda: «U respirator muolajalar olmoqda, o‘pkani sun’iy shamollatish tartibida davolanmoqda. Uni Turkiya yo boshqa biror joyga olib chiqish haqida gap yo‘q».

SSV axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev:

«Hech bir bemor Turkiyaga ketgani yo‘q. Turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi og‘ir ahvoldagi bemorlar bo‘yicha onlayn konsultatsiya qilish uchun tashrif buyurgan. Ushbu bemorlar qatorida Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov holati bo‘yicha onlayn konsultatsiya bo‘ldi, davolash standartlariga tuzatishlar kiritildi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан