Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mustaqillik bayramida katta yig‘in va sayillar o‘tkazilmaydi
20.08.2020 20:24,  
219

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, bugunga kelib mamlakatimizda jami koronavirus yuqtirganlar soni 37,5 mingdan oshdi, shundan 33 mingdan ziyodi yoki 88 foizi sog‘aydi. 4 mingta bemorni davolash va oilasi bag‘riga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bunday natijalar yurtimiz tibbiyot xodimlarining buyuk xizmati ekanini alohida aytib o‘tdi. Vaziyat ayniqsa Toshkent shahrida ijobiy tomonga o‘zgarayotgani, yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar o‘rtasida taqsimlangani, Germaniyadan yana mutaxassislar kelishi kutilayotgani qayd etildi. Xorijlik ekspertlar asosan og‘ir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilmoqda, dedi Prezident.

Yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlashib kelyapti.

Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklash talabini qo‘ymoqda. Shuning uchun ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko‘rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан