Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Musulmon turizm bozorida O‘zbekiston salohiyatini kashf eting» mavzusida onlayn-vebinar tashkil etiladi
28.09.2020 10:46,  
52

Bugungi kunda musulmon turizmi bozori turizmning eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Bu yo‘nalishda O‘zbekistonning salohiyati qanday?

Ushbu savolga CrescentRating agentligi va Halal Trip platformasi asoschisi Fazal Baxariddin javob beradi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Sof.uz'ga ma’lum qilishicha, CrescentRating agentligi tomonidan 1 oktyabr kuni Qo‘mita hamkorligida «Ziyorat turizm bozorini anglash: Musulmon turizm bozorida O‘zbekiston salohiyatini kashf eting» mavzusida onlayn-vebinar tashkil etiladi.

Onlayn-vebinarda turizm sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, universitet talabalari va barcha sohaga befarq bo‘lmagan qiziquvchilar qatnashishi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Onlayn-vebinar 1 oktyabr kuni soat 11.00 da boshlanadi. Vebinar ingliz tilida olib boriladi. Savol-javob qismi uchun o‘zbek tilida tarjima tashkil etiladi.

Onlayn-vebinar uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/85997149425

Qo‘shimcha savollar uchun murojaat: +998 97 597 38 35

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан