Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musulmonlar idorasi juma, shanba va yakshanba kunlari masjidlar ishlamasligi haqidagi xabarlarni rad qildi
13.08.2020 14:19,  
335

Avval xabar qilganimizdek, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2070 ta jome masjid o‘z eshiklari yana mo‘min-musulmonlarga ochadi. Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘inishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda masjidlar haftada to‘rt kun ishlaydi, juma, shanba va yakshanba kunlari esa faoliyat ko‘rsatmasligi haqidagi xabarlar anglashilmovchilik oqibatidir.

2020 yil 17 avgustdan boshlab barcha hududlarda masjidlar ochiladi

Masjidlar faoliyat boshlashi uchun muhim tavsiya va talablar ma’lum qilindi

«Masjidlar haftada har kuni o‘z ish faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar vaqtincha ado etilmay turadi. Duo va tazarrularda bardavom bo‘lib tursak, bu fayzli ibodatga ham Alloh taolo nasib etadi» - deyiladi idora xabarida.

Ma’lum qilinishicha, maxsus komissiya qaroridagi «juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar» deyilganda, turli din vakillarining (islom, xristian, yahudiylik va h.k.) katta diniy tadbirlari nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан