Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musulmonlar idorasi koronavirusga aloqador kitob nashr qildi
11.06.2020 18:39,  
168

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Movarounnahr» nashriyoti «Vabo – insonlar uchun bir sinov» kitobini nashr qildi.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarovning aytishicha, kitobda butun insoniyatga va yurtimizga yuborilgan yuqumli kasallik, unga qanday munosabatda bo‘lish, ommaviy epidemiya - pandemiya sharoitida o‘zni qanday tutish to‘g‘risida, har qanday sharoitda mehnat qilib, Alloh bergan nasibani halol yo‘l bilan topish haqida maqolalar bor.

Shuningdek, shoxdor virus sharoitida respublikamizni iloji boricha kamroq talafot bilan olib chiqish yo‘lida prezident va hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida muftiy Usmonxon Alimov va boshqa taniqli ulamolarning maqolalari borligi aytilmoqda.

«Sinovlar orqali Alloh o‘z bandalarini sinaydi, O‘ziga yaqinlashtiradi va gunohlarini kechiradi. Muvaffaqiyatlarga erishish uchun mashaqqat talab qilinganidek, Alloh taoloning roziligini topish uchun ham sinovlarga sabr qilish lozim,» deyiladi muftiy yozgan so‘zboshida.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан