Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musulmonlar idorasi Qur’on kitobi ichiga giyohvand modda yashirgan shaxs imom emasligini ta’kidladi
10.09.2020 17:10,  
716

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyatida Qur’oni karim kitobi ichiga giyohvand modda yashirgan imom-xatib (ayrim manbalarda «mulla») qo‘lga olindi” degan xabar tarqaldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu holatni o‘rganib, mazkur qo‘lga olingan shaxs diniy idora tizimida mutlaqo ishlamasligini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, shundan so‘ng «imom-xatib», «mulla» so‘zlari «shaxs», deb qayta tahrir qilindi.

"Ta’kidlash zarurki, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim noxushliklarni muborak Islom dini, masjid yoki imom-domlalarga bog‘lash holatlari kuzatilmoqda, bu ish gunoh hisoblanadi.

Jinoyat qilgan odamning har qanday holatda ham dinga bo‘lgan munosabatini oldingi sahnaga olib chiqilmaslik kerak. Bu odam jinoyat qilgan bo‘lsa, qonuniy jazosini oldi. Biroq har qanday imkoniyatdan foydalanish ilinjida masjid yo imomni yomonotliq qilishga urinish og‘ir gunoh. Har bir ijodkor mazkur mavzularda so‘z yuritar ekan, tasavvurida Alloh taolo va Uning Rasuli, Islom dini qadr-qimmati paydo bo‘lsa, so‘z aytish mas’uliyatini yanada teranroq anglaydi.

O‘z navbatida qat’iy ta’kidlaymizki, giyohvand moddalarni sotish, yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgan yoki iste’mol qilayotganlar ko‘zlarini ochsinlar. Avvalo Alloh taolo oldida javob berishini unutmasin. Besh kunlik hayotda arzimagan sariq chaqaga uchib, harom yo‘l bilan pul topib, gunoh ishlarni qilib oxiratdagi abadiy rohatdan benasib qolishdan ehtiyot bo‘lsin. Yomon ish jazosiz qolmaydi, ertaga, albatta, qonun oldida javob beradi. Unday insonlar hayotda zor, oxiratda esa xor bo‘ladi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har qanday mast qiluvchi haromdir», deb qat’iy ta’kidlaganlar (Imom Muslim rivoyati). Bu hadisga asosan giyohvandlikning har qanday ko‘rinishi harom hisoblanadi.

So‘zimiz yakunida, OAV vakillari, jurnalistlar, sayt muxbirlari, ijtimoiy tarmoqlar yurituvchilari va blogerlarni muborak Islom dini, Diniy idora, masjidlar, ulamolar va imom-domlalar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xabarlarni yoritishda yaqindan hamkorlik qilishga chaqiramiz" - deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан