Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musulmonlari idorasi DSQ o‘tkazayotgan yutuqli chek o‘yinlari halol ekanligini tasdiqladi
12.05.2021 17:08,  
410

Onlayn-NKM va virtual kassaning QR-kodli cheklari yoki fiskal belgilari asosida DSQ tomonidan 2020 yilning iyul oyidan boshlab yutuqli chek o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Qonunchilikda, xususan dinimizda ham qatnashish uchun hech qanday moddiy xarajat talab etilmaydigan o‘yinlar qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar sifatida baholanmaydi.

O‘yinning halol ekanligini O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham rasman tasdiqladi, deya ma’lum qilmoqda qo‘mita axborot xizmati.

«Dinimizda ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda yutuq birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Demak, yutuqli o‘yinda badal to‘lab, keyin o‘ynash joiz emas. Agar yutuq ishtirokchilardan to‘lov olinmasdan, tashkilotchilar tomonidan qo‘yilsa, bu o‘yin qimor hisoblanmaydi. Balki, o‘yin ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan sovg‘a bo‘ladi.

Demak, bu o‘yinda Siz aytib o‘tganingizdek, ishtirok etish uchun lotoreya chiptalari sotib olinmasdan, xarid qilingan yoki xizmat uchun onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassasining QR-kodli chekini Soliq, Payme yoki Click mobil ilova dasturlari orqali skaner qilib yoki chekning 12 ta raqamli fiskal belgisini 1077 raqami orqali SMS tarzida yuborilsa va bu SMS xizmati uchun olinadigan mablag‘ ham yutuq xarajatlari uchun yo‘naltirilmay, balki Moliya vazirligi tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan yutuq jamg‘armasi shakllantirilsa, bu shariatda man qilingan qimor hisoblanmaydi» – deyiladi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining xatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан