Musulmonlari idorasi muftiy almashgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Musulmonlari idorasi muftiy almashgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yil 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta’sischisi Mubashshir Ahmad ma’qullandi, degan mazmundagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqalgan.

Mazkur xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e’lon qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida Usmonxon Alimov o‘z faoliyatini davom ettirayotgani ma’lum qilindi.