Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mutaxassis: O‘zbekistonda 50 foiz aholi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda
21.06.2018 12:19,  
9

Samarqanddagi Registon Plaza mehmonxonasida rossiyalik diyetolog-endokrinolog Vadim Krilov "Qanday qilib istagan taomni yeb, qomatni saqlab qolish mumkin?" mavzusida aholi va mutaxassislar o‘rtasida seminar-trening o‘tkazdi.

"XXI asrga kelib ortiqcha vazn jiddiy muammoga aylandi. Rossiyada 60 foiz, Amerikada biroz ko‘proq, O‘zbekistonda 50 foiz aholi ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bunday salbiy holatlar ko‘payishining oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishimiz kerak. Ko‘pchilik ovqat yemay, ochlik bilan ortiqcha vazndan xalos bo‘laman, deb o‘ylaydi. Ammo bu noto‘g‘ri fikr. Chunki birdaniga o‘zini hamma narsadan cheklash yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Axir, ilk mashg‘ulotda birdaniga 200 kilogrammlik toshni ko‘tara olmaysiz-ku", — deydi V.Krilov.

Bunda avvalo, bemorlarni ruhlantirib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirib, foydali mahsulotlarni iste’mol qildirib erishish mumkin. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun o‘zlarini hech narsadan cheklamaslik, faqatgina ovqatlanish me’yorlariga rioya etish, ko‘proq harakatda bo‘lish talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан