Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mutaxassislar 37 foiz hollarda rak kasali nimadan kelib chiqishini aniqlashdi
23.09.2019 19:01,  
1695

Palma yog‘i tarkibidagi glitsidol efirlar – 37 foiz holatlarda rak kasali kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda, deydi MGU huzuridagi amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Dmitriy Yedelev.

O‘simlik moylariga yuqori temperaturada ishlov berilganda ularning tarkibida glitsidol efir moddalari paydo bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan palma yog‘larining 83 foiz tarkibida glitsidol efirlar borligi YeI hududida cheklangan normadan yuqori miqdorda ekani aniqlangan.

“Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Saraton kasalini o‘rganish instituti o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoda saraton kasali har uch holatdan birida – tarkibida glitsidol mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida kelib chiqar ekan. Agar bir Rossiyada glitsidol miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechsak – saraton kasaliga chalinganlar soni uchdan bir qismga kamayishi mumkin”, - deydi Yedelev.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, litsidon oshqozon-ichak, jigar, teri, sut bezlari, jinsiy organlar, qalqonsimon bez, bo‘yrak va o‘pkada kansirogen moddalar ko‘payishi va rak kasali kelib chiqishiga olib kelishi mumkin ekan.

Undan tao‘qari nogiron bolalar tug‘ilishiga ham ko‘p hollarda glitsidol sababchi bo‘lar ekan.

Ayni damda mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlari xavsizligi masalalasini davlat miqyosida tezkorlik bilan hal qilish kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki, qonunda qayd etilgan cheklov yo‘qligi tufayli glitsidolni hatto bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarda ham uchratish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан