Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muxolifatchi Japarov Qirg‘iziston Bosh vaziri bo‘ldi
11.10.2020 16:01,  
587

Ozod qilingan muxolifat lideri Sadir Japarov Qirg‘izistonning Bosh vaziri bo‘ldi, u kelajakdagi holatlar uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 oktyabr tunidagi voqealar inqilob emas.

"To‘ntarish – bu Prezident va boshqa qonuniy organlar qochib ketganda hokimyatni qo‘lga  kiritish. amlakatimizda hokimiyat o‘zgarishi xalq tartibsizliklari orqali sodir bo‘ldi, ammo qonuniy yo‘l bilan. Parlament deputatlari shunchaki qochib ketishdi", - dedi Japarov.

Xalq deputatlari ushbu bayonotdan g‘azablandi. Va bu so‘zlardan so‘ng, yangi Bosh vazir noto‘g‘ri fikrda ekanligini tan olishga majbur bo‘ldi.

“Kechirasiz, men shunchaki ba’zi xalq deputatlari Olmaota (Qozog‘iston) ga qochib ketganini eshitdim. Ular, ayrimlar aytganidek, hali ham o‘sha yerda”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, ozod etilgan muxolifat lideri Sadir Japarov Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tayinlandi. U barcha siyosatchilarni Qirg‘izistondagi vaziyat uchun xalqdan kechirim so‘rashga chaqirdi va Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishga tayyorligini aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан