Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muzrabotda elektr ta’minotidagi uzilishdan norozi aholi ko‘chada balon yoqdi (video)
28.12.2020 11:54,  
525

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida mahalla aholisi elektr energiyasi ta’minoti uzilishlariga qarshi norozilik o‘tkazib, avtomobil yo‘lini yopqib qo‘ydi va shinalarni yoqib yubordi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muzrabot tumani «Obi hayot» mahallasida deyarli bir sutka davomida chiroq bo‘lmaganligi uchun xalq norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan va balonlarni yoqib yuborgan.

«Tumanda umuman gaz yo‘q, odamlar qo‘lbola pechka yordamida isinadi. Asosan elektr pechkadan foydalangan odamlar shundan ham mahrum bo‘lib qolishgach, ilojsizlikdan ko‘chaga chiqishdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l va Buxoro tumanlari aholisi gaz yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ygan edi. Aholining so‘zlariga ko‘ra, tumanda olti kun umuman gaz bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sabab aholi yo‘llarni yopib qo‘yishgandi va shu orqali o‘z muammolariga hokimiyat vakillarini e’tiborini tortishga urinishgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан