Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nabirangiz «Bobojon, men Marsdan sizga yoqadigan do‘ppi keltirdim» deyishini istasangiz, uyda qoling! – Professor
28.03.2020 17:16,  
432

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qudratulla Omonov koronavirus pandemiyasidan qanday kuchli bo‘lib chiqish mumkinligini ma’lum qildi.

“Bugun dunyo aholisi murakkab bir davrni boshidan o‘tkazmoqda. Koronavirus pandemiya sifatida global fojiaga aylanib bo‘ldi. Yer shari aholisining yarim milliondan ortig‘i hozirda koronavirusga chalingan. Bu fojia kattayu kichik, ilg‘or-u qoloq barcha davlatlarni qamrab oldi. U uchun boy-u kambag‘al, kuchli yoki kuchsiz, rivojlangan yoki qoloq degan tushuncha yo‘q.
Iqtisodiy talofat nihoyatda katta, hozirning o‘zidayoq ko‘rilgan zarar 2008 yilgi global iqtisodiy inqiroz davridagidan oshib ketdi.

Taniqli ekspertlar tahlillariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan so‘ng dunyo tartiboti o‘zgaradi. Rivojlanish tendensiyalari qayta ko‘rib chiqiladi. To‘g‘rirog‘i, koronavirusdan keyingi yangicha dunyo boshlanadi.

Shu jihatdan, ma’rifiy millat sifatida bugungi voqelikni ijobiy yo‘nalishga solish va buni bizga berilgan bir imkoniyat o‘laroq qabul qilish, rivojlanish yo‘lida turgan biz kabi millat uchun tarixiy sharoit sifatida qaramog‘imiz kerak.

Hozirgi koronavirus ortidan kelayotgan xavflarni, iqtisodiy inqirozni tarozining bir pallasiga, ikkinchi pallasiga esa ma’rifatli millat sifatida ana shu birinchi pallaga qo‘yilgan voqeliklardan o‘zimiz olishimiz kerak bo‘ladigan manfaatlarni qo‘yib ko‘raylik.

Bundan birinchi navbatda oila, axloqiy qadriyatlar, bag‘rikenglik, ijtimoiy birdamlik, ma’naviyat, tibbiyot, raqamli texnologiyalar tarozining ikkinchi pallasida ekani, shubhasiz.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahlillariga qaraganda, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayvan, Singapur singari sharq mamlakatlari koronavirusga qarshi eng samarali kurashayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Bu o‘rinda ushbu mamlakatlardagi tibbiyotning rivojlanganligi ahamiyatini pasaytirmagan holda virusga qarshi kurashda, eng asosiysi, aholining mentaliteti muhim rol o‘ynaganligini, ya’ni qonunlar (taqiqlar)ga itoatkorlik, o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat katta natija berganligini e’tirof etish kerak. Xalqimizning dunyoqarashidagi qonunlarga itoatkorlik, rasmiy hokimiyatga nisbatan so‘zsiz bo‘ysunish, o‘zaro hurmat singari qadriyatlarimizni to‘g‘ri yo‘naltirsak, biz ham tarozining ikkinchi pallasida bo‘lishimiz, turgan gap.

Professor Qudratulla Omonov
Foto: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

Koronavirusning asosiy qurbonlaridan biri hozirgi kunda Italiya davlati bo‘lib turibdi. Bu mamlakatdagi asosiy qurbonlar yoshi ulug‘lar, millatning keksaligi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu jihatdan ham biz tarozining ikkinchi pallasidamiz. O‘zbekiston yoshlar mamlakati ekanligi, aholining 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishini aytishning o‘zi kifoya.

Insoniyat hayoti mutlaqo o‘zgarmoqda, kishilar oldinlari duch kelmagan voqeliklarda qanday yo‘l tutish kerakligini ham bilishmayapti. Hozirda hech kim ertaga qaysi yo‘ldan ketishni bilmaydi, ko‘plab ellar kutish vaziyatida. Ilg‘or millatlar esa ertangi dunyo tartiboti haqida bosh qotirishni boshlashdi. Chunonchi, hozirgi zamonning yetakchi bilginlaridan, isroillik Yuval Noa Xararining “Koronavirusdan keyingi dunyo” tahliliy maqolasini misol sifatida aytish mumkin.

Koronavirusdan keyingi dunyo

Endi, do‘ppini boshdan olib chuqur mulohaza yuritish vaqti keldi. Biz ham ma’rifatli millat sifatida bundan keyingi yo‘limiz qanday bo‘ladi? Shu haqda bosh qotirishimiz kerak.

Bizningcha, birinchi o‘rinda, fanga, ta’limga, raqamli texnologiyalarga va sog‘liqni saqlashga juda katta e’tibor qaratilmog‘i kerak. Hech qachon yil nomi bu yilgidek kelajakni ko‘rib tanlanmagan edi. Neft yoki oltin zaxiralari emas, oltin boshlarni tarbiyalash amaldagi eng asosiy ustuvor maqsad bo‘lishi kerak.

Xalqimiz tafakkuridagi “Olim bo‘lsang – olam seniki” degan haqiqatini yoshlarning qon-qoniga singdirish kerak. Jamiyatimiz bu masalani oson va quchoq ochib qabul qiladi. Chunki o‘zbek farzandini o‘qishga, o‘rganishga doim rag‘batlantiradi. O‘g‘il-qizi uchun pulini ham mol-u jonini ham ayamaydi. To‘g‘ri, u ta’limning sifati bilan qiziqmasligi, diplom olsa bo‘ldi-da degan, o‘yda bo‘lishi mumkin. Lekin xalqning shu dunyoqarashini ijobiy yo‘nalishga burish, mutaxassislarning qo‘lida emasmi?!

Hozirgi tarixiy sharoitda el-ulus millat o‘laroq birlashadigan, bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qiladigan vaqt keldi. Bunday kezlarda ma’rifatli millat fojiadan, inqirozdan kuchli, baquvvat bo‘lib chiqadi. Ana shunday ellar qatorida o‘zbekning ham bo‘lishi siz-u bizga bog‘liq.

So‘zimiz yakunida bugunning yoshlariga hozirgi voqelik bilan bog‘liq quloqqa olishi kerak bo‘ladigan bir gapimiz bor: Agar kelajakda – soch-u soqolingiz oqarib, bobo bo‘lganingizda nabirangiz “Bobojon, men Marsdan sizga yoqadigan do‘ppi keltirdim” deyishini istasangiz, bugun uyda qoling, tinmay o‘qing, uqing, o‘zlashtiring!“

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан