Nabirasining «pampers»ida​ 1 kilogrammdan ortiqroq tilla buyumlarini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)

Nabirasining «pampers»ida​ 1 kilogrammdan ortiqroq tilla buyumlarini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)

Screenshot

Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida 2 yoshli nabirasining tagligiga 1 kilogrammdan ortiq tilla buyumlarni yashirgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Bolakayning tagligidan 6 dona zanjir, 4 dona bilakuzuk va bir dona uzuk topilgan.

Noqonuniy ravishda olib o‘tishda to‘xtatib qolingan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan mazkur zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 334,5 million so‘mni tashkil etadi.