Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nafas siqilmayotganini qanday aniqlash mumkin?
22.08.2020 15:41,  
1070

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Shifokor mendan nafasim siqilmayotganini so‘radi. Buni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Javob: Nafas siqilishi - bu havo yetishmasligini his qilish. nafas olish tezligi, xotirjamlikda daqiqasiga 22 ta nafas olish bo‘lishi lozim.

Nafas chastotasini xotirjam holatda o‘lchash uchun quyidagilarni bajarish zarur:

  • - Sekundomer yoki qo‘l soatini oling yoki uyali telefoningizda sekundomerni yoqing;
  • - agar bu vaqtgacha harakatda bo‘lgan bo‘lsangiz 5 daqiqa dam oling;
  • - o‘tirgan yoki yotgan holda qo‘llaringizni ko‘ksingizga qo‘ying;
  • - ko‘krak qafasingizni harakatlantirib necha marta nafas olishingizni sanang;
  • - 1 daqiqadan so‘ng sanashni to‘xtating. Katta kishilarda normal nafas olish chastotasi 12-18 ta bo‘ladi.

Agar ko‘rsatkichlar 22 tadan ko‘p bo‘lsa shifokorga murojaat qiling - bu nafas olishda muammo borligini ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан