Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan City loyihasi bekor qilingan mahallada obodonlashtirish ishlari boshlandi (foto)
3.10.2020 10:50,  
282

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqovning Namangan shahridagi «Guliston» mahallasi aholisi bilan uchrashuvida mazkur hududda qad rostlashi rejalashtirilgan Namangan City loyihasi bekor qilinishi, bu yerda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi ma’lum qilingandi.

Namangan viloyati hokimi "Namangan city" loyihasini bekor qildi (video+foto)

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Buning uchun o‘nlab maxsus texnika, yuzga yaqin ishchi-xodim safarbar qilindi.

Namangan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan mahalladagi nochor holatga kelgan yo‘llar asfalt yotqizish uchun tayyorlanmoqda. Shuningdek, beton lotoklar o‘rnatilishi, elektr tayanch ustunlari va eskirgan suv quvurlari yangilanishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat elektr, gaz, «Suvoqava», obodonlashtirish korxonalari xodimlari o‘zlariga topshirilgan yumushlarni bajarishga kirishdi. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari esa bu ishlar vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilmoqda.

"Asosiysi, mahallada boshlangan xayrli ishlardan gulistonliklar ham chetda qolayotgani yo‘q. Ular ko‘chalarni tozalash, yon-atrofni ko‘rkam holga keltirishda bajonidil ishtirok etmoqda. Ularning bo‘layotgan o‘zgarishlardan mamnun ekanliklarini yuz-ko‘zlaridan, ko‘tarinki kayfiyatlaridan payqash mushkul emas" - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан