Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Namangan Davlat universiteti” talabasi “Yulduz”ning yulduzi uchmadi
2.04.2021 22:52,  
722

Viloyat IIB boshlig‘i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyining boshlarida o‘zini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, so‘ng unga o‘zini “Oydina” deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan o‘rtasidagi yozishmalarni internet tarmog‘iga chiqarganini ma’lum qilgan. U oila-a’zolariga ma’lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSh dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko‘chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Xasanboy Q.,dan 1 000 AQSh dollarni olgan S.A., ismli fuqaro “Yulduz” ismli shaxsning yaqin dugonasi ekanligini, uning iltimosiga binoan ushbu pullarni olganligi ma’lum bo‘lib, 21 yoshli Yulduzxon A., tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 1 000 AQSh dollar pullarni S.A.,dan olgan vaqtida ushlanib, “Oydina” va “Yulduz” ham uning o‘zi ekanligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yulduz A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан