Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida ham aholi orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
17.07.2020 00:03,  
638

2020 yil 16 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15066 (+75) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 57 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 3 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 95 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Buxoro viloyatida 3 nafar, jami 128 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 8783 (+128) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 6208 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

16 iyul kuni mamlakatimizda 485 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 97 nafari Karantin muassasalarida, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 39 nafari aholi orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан