Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan shahri tarkibida yana bir yangi tuman tashkil etilmoqda
16.04.2021 22:58,  
500

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish masalasini palataning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritishni ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlash joiz, Namangan shahri 1926 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda uning aholisi 640,1 ming nafarni, umumiy yer maydoni 18 ming gektarni tashkil etadi. 2019 yilda Chortoq va Namangan tumanlaridan 57 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi hududlar hamda 6,3 ming gektar yer maydonlari qo‘shilganligi sababli, ushbu hududda yashovchi aholining shahar markaziga qatnovida muammolar yuzaga kelayotgan edi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari shahar markazidan 15-20 km uzoqlikda joylashganligi, sanoat korxonalarining kamligi ushbu hududda yashovchi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida aholi uchun ijtimoiy va maishiy qulayliklar yaratish, aholi bandligini ta’minlash, Namangan shahri hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida Namangan shahar bo‘ysunuvida Yangi Namangan tumanini tashkil etish taklifini kiritgan edi.

Ushbu taklif xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining hamda Namangan viloyati Kengashining qarorlari bilan ma’qullangan.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, Namangan shahrida joylashgan 79 ta mahalladan 24 tasi, 70 ta maktabgacha ta’lim muassasasidan 40 tasi, 85 ta umumta’lim maktabidan 21 tasi, 6 ta oilaviy poliklinikadan 2 tasi va 52 ta kasalxonaning 12 tasi Yangi Namangan tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Yangi tuman tashkil qilinishi bilan sanoat va ishlab chiqarishdagi rolini oshirish bo‘yicha yangi tuman hududida 16 ta sanoat korxonalari va 4 ta kichik sanoat zonasi barpo etiladi. Tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida 245 mlrd. so‘mlik 62 ta loyihada 2600 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilanmoqda.

Parlament quyi palatasi Kengashi qaroriga binoan ushbu masala Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан