Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan shahrida Xalqaro “Gullar festivali” o‘tkaziladi
18.04.2021 21:15,  
343

Joriy yilning 24-31 may kunlari Namangan shahrida Xalqaro “Gullar festivali” o‘tkaziladi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Unda “Gullar festivali”ning 60 yillik yubileyini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Hukumat farmoyishiga asosan, Namangan viloyatida gulchilik an’analarini saqlash, qayta tiklash, sohada ilmiy o‘rganish va izlanishlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, gulchilik tarixini, xorijdan keltirilgan gul navlarini yetishtirish tajribasini o‘rganish, yosh avlod qalbida gulchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, chet ellik turistlarni keng jalb etish maqsadida Namangan shahri gullar markaziga aylantiriladi.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tuzildi. Qo‘mita o‘n besh kun muddatda festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini hamda festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi.

E’tiborlisi, xorijiy davlatlardan mahoratli gulchilar, ekibana san’ati ustalari, landshaft dizaynerlari kelishi ham nazarda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, Namangan viloyati hokimligi va Respublika Madaniyat vazirligi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda festivalning tantanali ochilish marosimini yuqori badiiy saviyada tashkil etadi.

Bundan tashqari festival doirasida Namangan shahrining asosiy ko‘chalarida maxsus gullar bilan bezatilgan 150 ta avtotransport vositalaridan iborat “Bayram paradi” o‘tkaziladi.

Viloyat markazida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i esa hunarmandchilik buyumlari, kitoblar, fotosuratlar, milliy liboslar namoyishiga mezbonlik qiladi.

Qayd etish joiz, 1961 yildan buyon an’anaviy gullar bayramining 60 bor o‘tkazilajak xalqaro festival maqomidagi navbatdagi bayram tadbirlari O‘zbekistonni, jumladan, Namanganni dunyoga keng tarannum etish asnosida yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, viloyatda turizmni rivojlantirish va mavjud hamkorlik qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан