Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyati hokimlari maktablarda dars o‘tdi (foto)
4.09.2019 17:38,  
152

Bugun, 4 sentyabr kuni respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Viloyat hokimlari maktablarda dars o‘tdilar.

Xususan Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston shahridagi O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ilk o‘quvchilarini qabul qildi. Ijod maktabining ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev qatnashdi.

So‘ngra viloyat hokimi Sardoba tumanidagi 18-maktabda bo‘lib o‘tgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» bayram dasturlarida qatnashdi va yuqori sinf o‘quvchilariga «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi va sinf rahbari Dilfuza Berdibekovaga darslarda foydalanishi uchun planshet, o‘quvchilarga esa kitoblar sovg‘a qilindi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Chortoq tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 9-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, “Bilimlar kuni” shodiyonasida ishtirok etdi.

Xayrullo Bozorov o‘quvchi-yoshlar va kelajagimiz egalarini yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi. Viloyat hokimi, maktabning 9-sinfida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostidagi mustaqillik darsini o‘tdi

Ma’lumot uchun, Chortoq tumanidagi 9-umumta’lim maktabi“Obod qishloq” dasturi doirasida 3 milliard 62 million so‘m mablag‘ sarflanib, qayta ta’mirlangan ilm maskani 831 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi. Ularning 103 nafari maktabga ilk qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari bo‘lib, nigohlari quvonchdan porlagan o‘g‘il-qizlarga viloyat hokimi tomonidan Prezident sovg‘alari taqdim etildi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Jizzax shahridagi H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.

Maktab pedogogik jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota - onalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda, mustaqillikning tarixiy ahamiyati, uning naqadar oliy ne’mat ekanligi va bu ne’matning qadr–qimmati, uni avaylash, asrlar osha avlodlarimizga yetkazish bizning muqaddas burch ekanligini viloyat hokimi Ergash Saliyev tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev va Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov maktablarda dars o‘tganligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан