Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
4.06.2020 21:25,  
203

Namangan viloyat hokimining 2020 yil 4 iyundagi 298-sonli qaroriga asosan, Yusupov Tolib Maxmudjanovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Tolib Yusupov 1978 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2009 yilda shu institut magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda “Do‘stlik-N” savdo-ishlab chiqarish markazida hisobchilikdan boshlagan. 2000-2010 yillarda viloyatda moliya tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2010-2014 yillarda viloyat bo‘yicha G‘aznachilik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda Namangan shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017 yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2017 yildan hozirgacha Namangan viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Ma’lumot uchun, Namangan viloyat hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан