Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyati hokimi "Namangan city" loyihasini bekor qildi (video+foto)
28.09.2020 10:33,  
2234

Namangan viloyatining yangi hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahridagi Furqat va Guliston mahallalari o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi shahar qarori bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

«Nima qilaman buzib, odamlarni xavotirga qo‘yib. Undan ko‘ra, o‘sha yangi yerlarda qursam tezroq bitadi, odamlar ovora bo‘lmaydi. Yo buzolmaymiz, yo asfaltini qilolmaymiz — buziladigan mahallalarning — yo suv tortolmaymiz, yo odamlarning o‘zi bitta uy qurib, to‘y qilolmaydi. Shuning uchun men qaror qabul qildim, bu haqda rahbarlarning hammasini ogohlantirdim. Oldingi Namangan sity qarori bekor bo‘ladi», — dedi viloyat hokimi.

Yangi shahar qurilishi Namangan shahriga tumanlardan qo‘shib berilgan yerlarda amalga oshirilishi bildirildi.

Shuningdek, Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahrining Marg‘ilon ko‘chasidagi uylar ham buzilmasligini aytdi.

Farg‘onaga yangi hokim tayinlangach Quva-Asaka yo‘lidagi beton to‘siqlar olib tashlandi (foto)

Bu haqda Namangan shahridagi 50-umumta’lim maktabida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilindi.

—Uylarning buzilishi aholi uchun tashvish va qiyinchiliklar tug‘dirishi bor gap. Namangan shahriga qo‘shni tumanlar hisobidan 3800 gektar yer maydoni qo‘shib berildi. Biz yangi qurilishlarni shu hududlarda olib boramiz. Marg‘ilon ko‘chasida esa yo‘llar ta’mirlanib, yangi lotoklar o‘rnatilib, ko‘chalarning yorug‘ligi ta’minlanadi. Bundan fuqarolarimiz ham chetda turmasligi kerak. Ular xonadonlari obodligi, ko‘rkamligini ta’minlashlari, jinoyatchilikni jilovlashda hissalarini qo‘shishlari zarur, — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Yig‘ilganlar viloyat rahbarining mazkur qarorini olqishlar bilan qarshi oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан