Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyati hokimi Prezident tanqid qilgan mahallaga ko‘chib o‘tadi
21.02.2021 00:21,  
859

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida shaharning «Bunyodkor» mahallasida bo‘lib, u yerdagi infratuzilma uchun mas’ullarni tanqid qilgandi.

Ertasiga viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov shu mahallaga ko‘chib o‘tishini e’lon qildi. Kun.uz’ning xabar berishicha, ayni paytda mahallani obodonlashtirish ishlari boshlanib ketgan.

«Har kuni o‘zim shu yerda bo‘laman. Uyim shu mahalla idorasining ro‘parasida bo‘ladi. Bugun konteyner o‘rnatiladi. «Viloyat hokimining uyi» deb katta qilib yozib qo‘yaman. Shu yerga kelib, nima gap bo‘lsa, [мурожаат қилишинглар мумкин].

Mahalla raisini ham almashtiraman. Mahalla raisligiga tushungan, kelajakda hokim bo‘ladigan bolalarni qo‘yaman. Chunki mahalla raisi qaysi masala qanday hal etilishini bilishi kerak: yo‘l qayerdan hal bo‘ladi, suv qanday hal bo‘ladi, maktabni qanday yaxshilash kerak, qanday qilib ishlab chiqarish qilsa bo‘ladi... Yonimda turadigan odam bo‘lishi kerak», – dedi Shavkat Abdurazzoqov 20 fevral kuni aholi oldidagi chiqishida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан