Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari og‘ir xastalikdan vafot etdi
7.10.2020 16:19,  
828

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Bahromjon Nurmatov 1964 yilda Namangan viloyatining Namangan tumanida tug‘ilgandi. 1986 yilda Toshkent politexnika instituti, 2000 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 1986 yili To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 148-xo‘jaliklararo mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnada ustalikdan boshlagandi. 

1998–2009 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 7-mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxona boshlig‘i, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-qishloq qurilish kombinati direktori, 
Namangan “Jamoa sanoat qurilish” assotsiatsiyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, raisi, Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi-injiniring kompaniyasi direktori lavozimlarida ishlagan.
 
2009–2016 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.
 
2016–2017 yillarda yana viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi- injiniring kompaniyasi direktori vazifasini egallagan. 

2017 yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Bahromjon Nurmatov 2020 yil 7 oktyabr kuni Toshkent shahridagi klinikalardan birida og‘ir xastalikdan vafot etdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан