Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyati prokurori Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi
9.10.2020 09:10,  
200

Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi

A.Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.

Akmalxo‘ja Mavlonov 2019 yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан