Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi
8.04.2019 12:23,  
12

7 aprel kuni Namangan viloyati Pop tumanida «Pungon-Namangan» yo‘lining 27-kilometrida Nexia avtomobili oraliq masofani saqlamagani sababli KrAZ-355″ yuk mashinasiga to‘qnashib ketdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Nexia haydovchisi O. X va yo‘lovchisi N. Z. tan jarohatlaridan vafot etdi, ikkinchi yo‘lovchi M. S. shifoxonaga yotqizildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘tgan juma kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2:35 da Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida Mercedes-Benz va Matiz avtomashinalari to‘qnashib ketdi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mercedes-Benz haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlanib, Matiz avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. U hodisa to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermasdan va tez yordam chaqirmasdan, voqea joyidan yashiringan.

67 yoshli Matiz haydovchisi S. S. va ikki yo‘lovchi 22 yoshli U. J. hamda 36 yoshli A. P. — tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tekor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchining shaxsi aniqlandi. U Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 36 yoshli E. M. bo‘lib chiqdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан