Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyatiga ham yangi hokimi tayinlanishi kutilmoqda
25.09.2020 11:26,  
489

Namangan viloyat hokimligida sessiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatga yangi rahbar tanishtiriladi.

Kun.uz manbasining ma’lumotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan Abdurazzaqov Shavkat Shokirjonovich viloyat hokimi sifatida ish boshlaydi.

Shavkatjon Abdurazzoqov 1976 yilda tug‘ilgan. Namangan muhandislik-texnologiya institutini 1998 yilda hamda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini 2006 yilda tamomlagan. 2015−2017 yillarda Namangan tumani hokimi bo‘lib ishlagan. So‘ngra 2017-2020 yillarda Namangan shahar hokimi lavozimida ishlagan. 2020 yil mart oyidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilishi bo‘yicha xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан