Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








Namanganda 14 yoshli haydovchi 23 yoshli yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi
10.10.2021 23:06,  
175

Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Matbuot xizmati.

Ma’lumot berilishicha, hodisa 8 oktyabr kuni soat 15:00 larda Uychi tumani hududidagi aylanma yo‘lda yuz bergan. Shu tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 14 yoshli bola otasining Nexia’sini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Matizda bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Matizning 25 yoshli haydovchisi va o‘quvchi bola shuningdek, Nexia’da bo‘lgan 35 yoshli yo‘lovchi miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan