Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda 15 yoshli bola do‘kondan 16 ta telefon o‘g‘irlagani aniqlandi
2.12.2020 11:03,  
205

Namangan viloyatining Pop tumanida do‘kondan 16 ta telefon o‘g‘irlagan 15 yoshli bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 oktyabr kuni noma’lum shaxs 20 yoshli Nabijon F.ga qarashli «Pop Grand Kredit Savdo» korxonasining G‘urumsaroy filiali savdo do‘koniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Rastada bo‘lgan jami 16 810 400 so‘mlik turli rusumdagi 16 dona telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: IIV Tergov departamenti

Holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 14 oktyabr kuni noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi «a,g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 15 yoshli O.B. sodir etilganligi aniqlangan hamda undan o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan 16 dona uyali telefon apparati va eshik qulfini buzishda foydalangan temir mix sug‘irgich ashyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bola jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan kuzatuv ostiga topshirish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi 28 noyabr kuni ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан